"Navbahor" – "Bunyodkor". O‘zaro o‘yinlarda ustunlik qaysi jamoada? Eng yirik hisob esingizdami?

CHERY AUTO

"Navbahor" O‘zbekiston Cuperligasi 7-turi doirasida o‘z maydonida Toshkentning “Bunyodkor” klubini qabul qiladi.

Tecno

O‘zbekiston chempionatlari tarixida ushbu jamoalar o‘zaro 32 marotaba kuch sinashgan. O‘tkazilgan o‘yinlarning 20 tasida “Bunyodkor” “lochinlar”ni mag‘lubiyatga uchratgan. “Navbahor” esa  6 ta o‘yinda g‘alaba qozongan. Oltita uchrashuvda esa tomonlar o‘zaro durangga imzo chekgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 61:25, “qaldirg‘ochlar” foydasiga.

O‘zaro o‘yinlarda “Bunyodkor” 66 ochko, “Navbahor” esa 24 ochkoni qo‘lga kiritgan. 

Prevyu Navbahor Bunyodkor o‘yiniga

Ushbu klublarning o‘zaro o‘yinlaridagi eng yirik hisob 2009 yili kuzatilgan. O‘sha yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan bahsda “qaldirg‘ochlar” 6:0 hisobida g‘alaba qozongandi. 

Mazkur jamoalar ishtirokidagi Namanganda bo‘lib o‘tgan 16 ta o‘yinning 6 tasida mezbonlar,  6 tasida esa mehmonlar zafar quchgan. To‘rtta uchrashuvda  esa g‘olib aniqlanmagan. To‘plar nisbati – 26:16, “Bunyodkor” foydasiga.

Jamoalarning o‘zaro o‘yinlari

                        2007 yil

“Quruvchi” -  “Navbahor” - 3:1 (2:1).            

Gollar: V.Karpenko (15, 84), V.Shishelov (24) - V.Baranov (42).

“Navbahor” -  “Quruvchi” - 1:4 (0:1).           

Gollar: D.Jabborov (89) - I.Mo‘minjonov  (26, 59,63), V.Karpenko (54).

                       2008 yil

“Quruvchi”   “Navbahor” - 1:0 (1:0).

Gol: U.Baqoev (24).

“Navbahor” – “Bunyodkor” - 1:1 (0:0).           

Gollar: I.Boydedaev (60) - V.Karpenko (54).

                        2009 yil

“Bunyodkor” – “Navbahor” - 6:0 (4:0).            

Gollar:  X.Vilyanueva (13,16), Rivaldo (24, 40), S.Jeparov (57), A.Soliev (90+2).

“Navbahor” – “Bunyodkor” - 0:3 (0:0).

Gollar: X.Vilyanueva (64), Rivaldo (67), T.Kapadze (89).

                        2010 yil

“Navbahor” – “Bunyodkor” - 1:2 (0:0).

Gollar: D.Sharofiddinov (90+3 pen.) - A.Ismoilov (59), T.Kapadze (75).

“Bunyodkor” – “Navbahor” - 2:0 (1:0).

Gollar: V.Karpenko (37), T.Kapadze (69).

                    2011 yil

“Bunyodkor” – “Navbahor” - 1:0 (1:0).

Gol: M.Trifunovich (2).

“Navbahor” -  “Bunyodkor” - 1:0 (1:0).

Gol: A.Mahmudov (34).

                        2012 yil

“Navbahor” – “Bunyodkor” - 2:1 (1:1).

Gollar:  A.Fomenko (25,51) - R.Melziddinov (4) .

“Bunyodkor” -  “Navbahor” - 1:0 (0:0).

Gol: K.Murzoev (90+2).

                        2013 yil

“Navbahor” – “Bunyodkor” - 0:3 (0:1).

Gollar: Q.Mahamadjonov (32-avtogol), O.Pishur  (72-pen.), L.To‘raev (89).

“Bunyodkor” – “Navbahor” - 5:0 (2:0).

Gollar: S.Rashidov (2), A.Berdiev (15), A.G‘ofurov (63), I.Taran (74, 89).

                        2014 yil

“Bunyodkor” – “Navbahor” - 3:0 (0:0).

Gollar: V.Shodiev (58), S.Rashidov (90), O.Pishur (90+2).

“Navbahor” -  “Bunyodkor” - 0:0.

                        2015 yil

“Bunyodkor” – “Navbahor” - 2:1 (0:0).

Gollar: A.G‘ofurov (56), D.Hamdamov (70)  -  S.Shixov (88).

“Navbahor” -  “Bunyodkor” - 0:1 (0:0).

Gol: S.Minori (87).

                        2016 yil

“Navbahor” -  “Bunyodkor” - 1:3 (1:2).

Gollar: D.Jabborov (22) - O.Pishur (4-avtogol), Sh.Nurmatov (24), E.Shomurodov (67).

“Bunyodkor” -  “Navbahor” - 1:1 (0:1).

Gollar: D.Hamdamov (72-pen.) - A.Abdullaev (30).

                      2017 yil

“Navbahor” – “Bunyodkor” - 1:1 (0:0).

Gollar: D.Jabborov (82) - D.Hamdamov (67).

“Bunyodkor” – “Navbahor” - 2:2 (1:1).

Gollar: D.Hamdamov (15-pen.), V.Shodiev (74) - A.Turg‘unboev (19), A.Aliev (90).

                      2018 yil

“Navbahor” – “Bunyodkor” - 2:1 (0:1).

Gollar: N.Inats (58), J.Mehmonov (90+4) - R.Ashurmatov (13).

“Bunyodkor” –  “Navbahor” - 2:1 (1:1).

Gollar: D.Ahmadaliev (37), F.Rayevats (58) - R.Ahmedov (31).

“Bunyodkor” – “Navbahor” - 2:0 (1:0).

Gollar: A.Haydarov (31), A.Abdullaev (60).

“Navbahor” – “Bunyodkor” – 1:0 (0:0)

Gol: Ro‘zimboy Ahmedov (64-pen.).

2019 yil

“Navbahor” — “Bunyodkor” - 2:3 (0:2)

Gollar: Aleksandr Kasyan (64-pen.), Abbosjon G‘ulomov (79) - Jasur Jaloliddinov (5), Xurshid G‘iyosov (37-pen., 85-pen.).

“Bunyodkor” – “Navbahor” -  2:1 (1:1)

Gollar: N.To‘xtasinov (9), X.G‘iyosov (67-pen.) – A.Turg‘unboev (34).

                   2020 yil

“Bunyodkor” – “Navbahor” – 3:1 (2:0)

Gollar: Dilshod Ahmadaliev (24), Shahboz Erkinov (28), Selim Nurmuradov (87) – Igor Golban (57). 

“Navbahor” – “Bunyodkor” – 2:1 (1:1)

Gollar: A.Turg‘unboev (31), R.Bolov (56) – X.G‘iyosov (45-pen.).

2021 yil

“Bunyodkor” – “Navbahor” – 0:0

“Navbahor” – “Bunyodkor” – 2:1

Gollar: Sardor Telyakov (58), Zabihillo O‘rinboev (60) - Nurillo To‘xtasinov (49).

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Bunyodkor” uchrashuvi 6 may kuni Namangan shahridagi “Markaziy” stadionida soat 18:30 da start oladi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!