
"Navbahor"da to‘p surgan futbolchi yangi mavsumni boshqa klubda o‘tkazadi
“Navbahor” tarkibida yuz berayotgan o‘zgarishlar borasida saytimiz orqali xabar berib boryapmiz. Klub bir qator yangi o‘yinchilar bilan shartnomalar imzolaganidan xabardorsiz. Shu o‘rinda jamoa bilan xayrlashayotganlar ham yo‘q emas.
O‘tgan yilning boshida namanganliklar safiga qo‘shilgan himoyachi Xushnud Avilov yangi mavsumni boshqa klubda davom ettirishga qaror qildi. Futbolchi Sports.uz saytiga “Navbahor”ni tark etganini tasdiqladi.
Avilov “Navbahor”ga qo‘shilgach, ko‘p vaqtini zaxirada o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi. Tabiiyki, o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istagan o‘yinchiga zaxirada o‘tirish yoqmagan. Shu sababdan Xushnud oldida turgan takliflardan birini tanlamoqchi.
Fikrlar