"Navbahor"ga etadigani yo‘q. "Neftchi" muxlislari Superligani sog‘inmagan ko‘rinadi. "Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuvi bu borada ikkinchi

  • 8 may, 2022, 12:57
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

5 - 7 may kunlari Superliganing 7-turi o‘tkazildi. Natijalar bilan saytimiz orqali xabar berib bordik.

Tecno

Endi esa turga oid qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etmoqdamiz. Ya’ni an’anamizga sodiq qolgan holda tur muxlislari statistikasi bilan tanishtiramiz.

Bu gal stadionlarimizga jami 53544 tomoshabin tashrif buyurdi. Har bir bellashuvga o‘rtacha 7649ni tashkil qiladi.

Eng ko‘p muxlis Namanganda. “Navbahor” – “Bunyodkor” bahsini 26231 odam shohidiga aylandi. Bu o‘yinga bo‘lgan qiziqish yuqori edi. Qolaversa, klub Hayit ayyomi munosabati bilan stadionga kirishni bepul qilib qo‘ydi. Natijada arena muxlislar bilan to‘lib toshdi va bu ko‘rsatkich hozircha mavsum rekordi bo‘lib turibdi.

Qashqadaryoda O‘zbek futbolining 110 yilligi nishonlandi. Shuningdek, "Nasaf" o‘z uyida "Paxtakor"ni qabul qildi. Nursiz durang qayd etilgan bellashuvni 15500 tomoshabin kuzatdi.

Turning yana bir markaziy qarama-qarshiligi AGMK - "So‘g‘diyona" o‘rtasida kechdi. Gollarga boy bellashuvni 4675 ishqiboz tomosha qildi. Superligaga chiqqan va mavsum boshida katta maqsadlar qo‘ygan "Neftchi"ni muxlislar yolg‘izlatib qo‘yayotgandek. To‘g‘ri, jamoa uy o‘yinlarini o‘zining stadionida emas, balki Yaypanda o‘tkazmoqda. Biroq farg‘onaliklar o‘z viloyatida o‘ynamoqda. Muxlislar esa natijalarga monand kamayib bormoqda...

Eng kam ishqiboz Toshkentda. "Olimpik" - "Dinamo" bahsini 383 ishqiboz shohidi bo‘ldi (poytaxt jamoalari uchun oddiy hol).

Quyida Superliganing ushbu turiga tashrif buyurgan muxlislar statistikasi bilan tanishing (muxlislar soni PFL saytidan olindi):

"Navbahor" - "Bunyodkor" 2:1. 26231 tomoshabin

"Nasaf" - "Paxtakor" 0:0. 15500 tomoshabin

AGMK - "So‘g‘diyona" 3:2. 4675 tomoshabin

"Metallurg" - "Qizilqum" 1:1. 4512 tomoshabin

"Surxon" - "Qo‘qon-1912" 1:0. 1297 tomoshabin

"Neftchi" - "Lokomotiv" 0:1. 946 tomoshabin

"Olimpik" - "Dinamo" 1:1. 383 tomoshabin

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
SHAXBOZ BEKMURODOV
08/05/2022 13:09
NASAFni o‘yiniga 20 mingdan oshiq muhles kirdi bu xato malumot.