
“Navbahor”ga Kamoliddin Murzoev, Abbos Maxstaliev, 2ta legioner va boshqalar kelishi kutilmoqda
28 dekabr kuni “Xotira-79”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng “Navbahor” futbolchilari ta’tilga chiqishgandi. Endi yanvarda boshlanadigan navbatdagi yig‘inda namanganliklar tarkibi bir qator futbolchilar bilan to‘ldiriladi.
Bizga ma’lum bo‘lishicha, 4 yanvarda “lochinlar” safiga Abbos Maxstaliev, Mansur Saidov, Alisher Samatov, Kamoliddin Murzoev, Akmal Xolmurodov, Akaobir To‘raev kabi futbolchilar kelib qo‘shilishi kutilmoqda.
Bundan tashqari “Navbahor”ga 2 ta legioner kelishi ham haqifatga yaqinroq. Ularning biri Serbiyadan ekanligi aniqlandi.
Fikrlar