“Navbahor”ga kelishi kutilayotgan Samvel Babayanning manzili o‘zgardimi? U “Paxtakor”ga qaytishi mumkinmi?
Samvel Babayan “Navbahor” klubi bosh murabbiyiga aylanishi borasida xabarlar anchadan beri tinmayapti. Hatto 20 dekabr kuni O‘zbekiston kubogi finalida Samvel Babayan Namanganga kelishi va viloyat hokimi bilan muzokara o‘tkazishi aytilgandi. Biroq oradan shuncha vaqt o‘tganiga qaramasdan, “Navbahor” tomonlarda jimlik.
Bu orada Shota Arveladze “Paxtakor”ni tark etdi. Bu endi Samvel Babayan o‘zining sobiq jamoasiga qaytish imkoniyati paydo bo‘lishi mumkinligini bildiradi. Balki “Navbahor” bilan kelishuv cho‘zilayotganiga Arveladzening ketishi sababdir. Ehtimol, Samvel Babayan “sherlar”dan taklif kutayotgandir. Bu bir taxmin xolos.
O‘z navbatida, uzun-quloq gaplarga qaraganda, “Paxtakor” hali Shota Arveladzening klubda qolishi borasida “oxirgi gap”ni aytmagan. Shu bois klub murabbiyni ketgani borasida rasmiy xabar bermayapti. Hali hammasi butunlay aksi yoki biz kutmagan ko‘rinish olishi ham hech gap emas.
Voqealar rivojini SPORTS.uz saytida kuzatishda davom eting



Fikrlar