
"Navbahor"ga sobiq futbolchisi qaytmoqda
Termizning "Surxon" klubi futbolchisi A’zam Aliev faoliyatini yana sobiq jamoasida davom ettiradi.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, ushbu yarim himoyachi ikkinchi davrani "Navbahor"da boshlaydi. Futbolchi bugun "lochinlar"ning Toshkentdagi yig‘iniga kelib qo‘shiladi.
Umuman olganda, A’zam Alievning yarim davra "Navbahor"da o‘ynashi odat tusiga aylanib qolgan. Uni avval ham ko‘rganmiz: yoki mavsumni Namanganda boshlaydi yo tanaffusdan so‘ng "lochinlar" safiga qo‘shiladi.
Fikrlar