“Navbahor”ni boshqargan murabbiy nega buncha hayratlanmoqda?

  • 06.02.2021 15:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘tgan mavsumda “Navbahor”ni boshqarib, keyinchalik iste’foga chiqarilgan rossiyalik taniqli murabbiy Andrey Kanchelskis hamyurti Aleksandr Kokorinning Italiyadagi debyuti uni hayratga solganini bildirdi.

- Kokorinning maydonga tushgani g‘alati bo‘ldi. U qancha vaqt maydondan tashqarida yurdi. Ta’til va yig‘inlarni qo‘shib hisoblaganda, bir oydan oshiq vaqt mobaynida o‘yin amaliyotisiz qoldi. Undan biror natijani bir oydan keyin kuting.

Hozir undan supernatijalarni kutmang, hech narsa qila olmaydi. Uning vaziyatida bu normal holat.

Kokorin yaqin kelajakda “Fiorentina” etakchisiga aylanadimi? Chinnigulning bargini yulib, fol ochish mumkin. Albatta, hammasi uning istagiga bog‘liq. Aslida men uning maydonga tushganidan hayratda qoldim. Bu rahbariyatning qarori bo‘lsa kerak.

Mashg‘ulotlardan uzoq yurgan futbolchini qanday qilib, 20 daqiqa o‘ynatish mumkin. Bu ko‘rgazmali o‘yinday bo‘ldi. Biz o‘ynagan sobiq ittifoq paytida ayrim futbolchilar mukofot puliga ilinishi uchun o‘yinning oxirgi besh daqiqasida maydonga chiqarilar edi. Kokorin yaxshi o‘yinchi, buyog‘i faqat uning o‘ziga bog‘liq, - dedi Andrey Kanchelskis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!