"Navbahor"ni tark etgan legioner o‘ziga boshqa jamoa topdi

  • 30.12.2022 23:22
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Shu yilning yozida “Navbahor” bilan shartnoma imzolagan qirg‘izistonlik hujumchi Mirlan Murzoev ko‘p o‘tmasdan jamoa bilan xayrlashgandi. U namanganliklar safida Superliganing faqat 3 ta o‘yinida maydonga tushgan xolos.

Murzoev klubini tez-tez o‘zgartiradigan o‘yinchilar toifasiga kiradi.

murzoevvv

Olingan ma’lumotlarga qaraganda, Mirlan “Navbahor”ni tark etganidan keyin o‘ziga yangi jamoa topdi.

Bu safar Hindiston chempionatida qatnashadigan Kalkuttaning “Moxammedan” jamoasi a’zosiga aylandi. Murzoev ushbu klubga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar futbolchi faoliyati mobaynida Hindistonning boshqa bir klubi - "Chennayn" jamoasida ham to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!