
"Navbahor"ning "Bunyodkor"ga qarshi juda yomon statistikasi bor. "Lochinlar" "noxush an’ana"ga barham bera oladimi?
O‘zbekiston Cuperligasi 20-turi doirasida "Navbahor" Toshkentda “Bunyodkor” mehmoni bo‘ladi.
O‘zbekiston chempionatlari tarixida ushbu jamoalar o‘zaro 33 marotaba kuch sinashgan. O‘tkazilgan o‘yinlarning 20 tasida “Bunyodkor” “lochinlar”ni mag‘lubiyatga uchratgan. “Navbahor” 7 ta bahsda g‘alaba qozongan. Oltita uchrashuvda esa tomonlar o‘zaro durangga imzo chekkan. To‘plar farqidagi ko‘rsatkich 62:27, “qaldirg‘ochlar” foydasiga.
O‘zaro o‘yinlarda “Bunyodkor” 66 ochko, “Navbahor” esa 27 ochkoni qo‘lga kiritgan.
Ushbu klublarning o‘zaro o‘yinlaridagi eng yirik hisob 2009 yili kuzatilgan. O‘sha yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan bahsda “qaldirg‘ochlar” 6:0 hisobida g‘alaba qozongandi.
“Navbahor” shu paytgacha Toshkentda “Bunyodkor”ni mag‘lubiyatga uchrata olmagan. Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan 16 ta o‘yinning 13 tasida mezbonlar zafar quchishgan, 3 ta uchrashuvda esa g‘olib aniqlanmagan, to‘plar farqi – 36:8, “qaldirg‘ochlar” foydasiga. O‘tgan yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘yin 0:0 hisobida yakunlangandi.
Mazkur klublarning 1-davrada Namanganda bo‘lib o‘tgan bahsida “lochinlar” Azimjon Ahmedov (penaltidan) va Yovan Jokichning gollari evaziga 2:1 hisobida g‘alaba qozongandi. “Qaldirg‘ochlar”ning yagona goliga esa nigeriyalik yarim himoyachi Ibrohim Tomiva mualliflik qilgan.
Bo‘lajak o‘yinda jamoamiz noxush an’anaga chek qo‘ygan holda, poytaxtdan zafar bilan qaytadi, degan umiddamiz.
Jamoalarning o‘zaro o‘yinlari
2007 yil
“Quruvchi” - “Navbahor” - 3:1 (2:1).
Gollar: V.Karpenko (15, 84), V.Shishelov (24) - V.Baranov (42).
“Navbahor” - “Quruvchi” - 1:4 (0:1).
Gollar: D.Jabborov (89) - I.Mo‘minjonov (26, 59,63), V.Karpenko (54).
2008 yil
“Quruvchi” – “Navbahor” - 1:0 (1:0).
Gol: U.Baqoev (24).
“Navbahor” – “Bunyodkor” - 1:1 (0:0).
Gollar: I.Boydedaev (60) - V.Karpenko (54).
2009 yil
“Bunyodkor” – “Navbahor” - 6:0 (4:0).
Gollar: X.Vilyanueva (13,16), Rivaldo (24, 40), S.Jeparov (57), A.Soliev (90+2).
“Navbahor” – “Bunyodkor” - 0:3 (0:0).
Gollar: X.Vilyanueva (64), Rivaldo (67), T.Kapadze (89).
2010 yil
“Navbahor” – “Bunyodkor” - 1:2 (0:0).
Gollar: D.Sharofiddinov (90+3 pen.) - A.Ismoilov (59), T.Kapadze (75).
“Bunyodkor” – “Navbahor” - 2:0 (1:0).
Gollar: V.Karpenko (37), T.Kapadze (69).
2011 yil
“Bunyodkor” – “Navbahor” - 1:0 (1:0).
Gol: M.Trifunovich (2).
“Navbahor” - “Bunyodkor” - 1:0 (1:0).
Gol: A.Mahmudov (34).
2012 yil
“Navbahor” – “Bunyodkor” - 2:1 (1:1).
Gollar: A.Fomenko (25,51) - R.Melziddinov (4) .
“Bunyodkor” - “Navbahor” - 1:0 (0:0).
Gol: K.Murzoev (90+2).
2013 yil
“Navbahor” – “Bunyodkor” - 0:3 (0:1).
Gollar: Q.Mahamadjonov (32-avtogol), O.Pishur (72-pen.), L.To‘raev (89).
“Bunyodkor” – “Navbahor” - 5:0 (2:0).
Gollar: S.Rashidov (2), A.Berdiev (15), A.G‘ofurov (63), I.Taran (74, 89).
2014 yil
“Bunyodkor” – “Navbahor” - 3:0 (0:0).
Gollar: V.Shodiev (58), S.Rashidov (90), O.Pishur (90+2).
“Navbahor” - “Bunyodkor” - 0:0.
2015 yil
“Bunyodkor” – “Navbahor” - 2:1 (0:0).
Gollar: A.G‘ofurov (56), D.Hamdamov (70) - S.Shixov (88).
“Navbahor” - “Bunyodkor” - 0:1 (0:0).
Gol: S.Minori (87).
2016 yil
“Navbahor” - “Bunyodkor” - 1:3 (1:2).
Gollar: D.Jabborov (22) - O.Pishur (4-avtogol), Sh.Nurmatov (24), E.Shomurodov (67).
“Bunyodkor” - “Navbahor” - 1:1 (0:1).
Gollar: D.Hamdamov (72-pen.) - A.Abdullaev (30).
2017 yil
“Navbahor” – “Bunyodkor” - 1:1 (0:0).
Gollar: D.Jabborov (82) - D.Hamdamov (67).
“Bunyodkor” – “Navbahor” - 2:2 (1:1).
Gollar: D.Hamdamov (15-pen.), V.Shodiev (74) - A.Turg‘unboev (19), A.Aliev (90).
2018 yil
“Navbahor” – “Bunyodkor” - 2:1 (0:1).
Gollar: N.Inats (58), J.Mehmonov (90+4) - R.Ashurmatov (13).
“Bunyodkor” – “Navbahor” - 2:1 (1:1).
Gollar: D.Ahmadaliev (37), F.Rayevats (58) - R.Ahmedov (31).
“Bunyodkor” – “Navbahor” - 2:0 (1:0).
Gollar: A.Haydarov (31), A.Abdullaev (60).
“Navbahor” – “Bunyodkor” – 1:0 (0:0)
Gol: R.Ahmedov (64-pen.).
2019 yil
“Navbahor” — “Bunyodkor” - 2:3 (0:2)
Gollar: A.Kasyan (64-pen.), A.G‘ulomov (79) – J.Jaloliddinov (5), X.G‘iyosov (37-pen., 85-pen.).
“Bunyodkor” – “Navbahor” - 2:1 (1:1)
Gollar: N.To‘xtasinov (9), X.G‘iyosov (67-pen.) – A.Turg‘unboev (34).
2020 yil
“Bunyodkor” – “Navbahor” – 3:1 (2:0)
Gollar: D.Ahmadaliev (24), Sh.Erkinov (28), S.Nurmuradov (87) – I.Golban (57).
“Navbahor” – “Bunyodkor” – 2:1 (1:1)
Gollar: A.Turg‘unboev (31), R.Bolov (56) – X.G‘iyosov (45-pen.).
2021 yil
“Bunyodkor” – “Navbahor” – 0:0
“Navbahor” – “Bunyodkor” – 2:1
Gollar: S.Telyakov (58), Z.O‘rinboev (60) – N.To‘xtasinov (49).
2022 yil
“Navbahor” – “Bunyodkor” – 2:1
Gollar: A.Ahmedov (41-pen.), Y.Jokich (84) – I.Tomiva (64).
Eslatib o‘tamiz, “Bunyodkor” – “Navbahor” uchrashuvi 1 oktyabr kuni Toshkentdagi “Jar” stadionida soat 18:30 da start oladi.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati
Fikrlar