"Navbahor"ning ham "Axmat"ga qarshi o‘yini bugun o‘tkazilmaydi!

  • 21 yanvar, 2024, 18:25
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, rejaga ko‘ra, bugun "Navbahor"ning Turkiya yig‘inidan o‘rin olgan navbatdagi o‘rtoqlik o‘yini Rossiyaning “Axmat” (Grozniy) jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tishi lozim edi.

Tecno

Ammo kechadan buyon Turkiyada to‘xtovsiz yomg‘ir yog‘ayotganligi va haligacha to‘xtamayotganligi bois, ushbu bellashuv jamoalar kelishuviga ko‘ra, bugun o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Bu xususida har ikkala klub matbuot xizmati xabar berdi.

Oldinroq esa Antaliyadagi yana bir jamoamiz "So‘g‘diyona"ning bugunga belgilangan Kosovoning "Malisheva"ga qarshi o‘yini ham kuchli yomg‘ir tufayli qoldirilganligi to‘g‘risida saytimiz orqali ma’lum qilgandik.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!