
"Navbahor"ning ikkinchi goli nega inobatga olinmadi? Hakam xato qildimi? - Hakamlar markazining izohi
O‘zbekiston futbol hakamlar markazi matbuot xizmati Superliga 19-turidan o‘rin olgan “Andijon” – “Navbahor” uchrashuvidagi mehmonlarning inobatga olinmagan goliga izoh berdi.
59-daqiqada mehmonlar raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Dastlab, uchrashuv bosh hakami Abdurashid Xudoyberganov golni inobatga oldi, biroq VARga murojaat qilgach, qarorini o‘zgartirdi va gol hisoblanmadi. Ushbu vaziyatda hakam o‘yindan tashqari holatda turgan futbolchi darvozabonga halal berdi, degan xulosaga kelib, qaror chiqargan.
FIFA tomonidan 2023-24 yilgi mavsum uchun tayyorlangan IFAB futbol qoidalari qo‘llanmasining o‘yindan tashqari holat uchun ajratilgan 11-bo‘limi, 2-bandiga asosan raqib hujumchisi o‘yindan tashqari holatda turgan bo‘lsa va to‘pga tegmasada, darvozabonga halaqit bersa yoki uning chalg‘ishiga sababchi bo‘lsa, urilgan gol bekor qilinishi kerakligi haqida ta’kidlab o‘tilgan. Ya’ni, ushbu vaziyatda Abdurashid Xudoyberganov FIFA tomonidan qo‘yilgan talablar bo‘yicha ish ko‘rdi va hech qanday muhokamaga o‘rin qoldirmadi.
Fikrlar