"Navbahor"ning yana bir futbolchisi kelasi mavsumni "Neftchi"da boshlashga yaqin!

  • 19 noyabr, 2024, 12:12
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

"Navbahor" yarim himoyachisi Jamshid Boltaboev kelasi mavsumni katta extimol bilan "Neftchi"da o‘tkazadi.

Bizga ma’lum bo‘lishicha, futbolchi va Farg‘ona klubi o‘zaro kelishuvga erishgan. Boltaboev va "lochinlar" o‘ratsidagi amaldagi kelishuv joriy yilning 31 dekabr kuni yakunlanadi. 

Ma’lumot uchun, joriy mavsum 28 yoshli futbolchi Superligada 23 ta o‘yinda qatnashib, 3 ta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. "Yo‘lbarslar" Toma Tabatadze va Abror Ismoilov bilan kelishuvga erishgani haqida xabar bergan edik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Кутбиддинхон
19/11/2024 14:16
Навбахор хамма уйинчиларини хаммасини олаверсин
jan reno
19/11/2024 13:47
Уткин, Ашурматов, Абдуллаев, бир тийинга киммат. Синахта уйинчиларга таянаверсин кария. Нематов, Эркинов яхши формада