Navbat "UFC 288" turnirigami? Shoshilmang, aprel oyida UFC doirasidagi 3 ta jang kechasi bor!

  • 10 aprel, 2023, 08:51
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Aprel oyidagi eng shov-shuvli “UFC 287” oqshomi ham ortda qoldi. Albatta, muxlislar mana shunday jang kechalarini ko‘proq bo‘lishini xohlaydi. Endi navbat 6 mayda bo‘lib o‘tadigan “UFC 288” turniriga deyotganlar ham ko‘plab topiladi. Biroq, shoshilmang! 6 mayga qadar aprel oyida bo‘lib o‘tadigan UFC Fight Night doirasidagi yana bir nechta turnirlari bor. Quyida, shu haqida ma’lumot beramiz.

Tecno

 16 aprel, UFC Fight Night:

AQShning Kanzas Siti, T-Mobile Center arenasida tashkil etiladigan ushbu turnirning markaziy jangida yarim engil (65,8 kg) vazn toifasi vakillari Maks Xollouey (AQSh)  hamda Arnold Allen (Angliya) to‘qnash keladi. Albatta, asosiy karddan yana bir qator qiziqarli janglar o‘rin olgan. Jumladan, Edson Barboza (Braziliya) – Billi Kuarantillo (AQSh), Dastin Jeykobi (AQSh)- Azamat Murzakanov (Rossiya), o‘zbekistonliklar muxlislarga marhum Murod Xonto‘raev bilan jang qilganligi orqali tanilgan Ion Ktselaba (Moldova) va Tanner Boser (Kanada) qarama-qarshiligini guvohiga aylanishingiz mumkin.

arnol

23 aprelya, UFC Fight Night:

Las-Vegas shahrida joylashgan Metropolitan Arena ham qiziqarli jang kechasiga mezbonlik qiladi. Turnirning asosiy voqeasi, og‘ir vazn toifasiga o‘qdek otilib kirgan va duch kelgan raqiblarini qiyin ahvolga solib qo‘yayotgan rossiyalik Sergey Pavlovich va Kyortis Bleyds (AQSh)jangi bo‘ladi. Shuningdek, Song Yadong (Xitoy) – Rikki Simon (AQSh), Bred Tavares (AQSh) - Bruno Silva (Braziliya), Bobbi Grinn (AQSh) – Jared Gordon (AQSh) o‘rtasidagi murosasiz to‘qnashuvlar ham bo‘lib o‘tadi.

bleyds

30 aprelya , UFC Fight Night:

Bu sanada ham Las –Vegas, Metropolitan Arena qiziqarli o‘tishi kutilayotgan jang oqshomiga mezbonlik qiladi. Markaziy jang engil vazn (70.3 kg) toifasida ko‘zga ko‘ringan atletlar Arman Tsarukyan (Rossiya) va Renato Moykano (Braziliya) o‘zaro hisob-kitob qilib olishadi. Qolaversa, bizga Mahmud Muradov bilan jang qilishi orqali tanish bo‘lgan, braziliyalik Kayo Borralo Mixal Olekseychukka qarshi oktagonga ko‘tariladi. Shuningdek, Rodolfo Vieyra - Kodi Brandeyj, Natan Levi (Isroil) – Pit Rodriges (AQSh), Emili Dakot (AQSh) – Polyana Viana (Braziliya) bahslari ham muxlislarda katta tassurot qoldirishi turgan gap.

moy

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!