Nazorat o‘yini. "Dinamo" "So‘g‘diyona"ni mag‘lub etdi

  • 22.03.2024 19:21
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol

"Dinamo" jamoasi Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib, "So‘g‘diyona"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Zominda o‘tgan bahs qiziqarli va kurashlarga boy o‘tdi. Uchrashuvda Vadim Abramov shogirdlari Ivan Boshkovich murabbiyligidagi jizzaxliklar ustidan g‘alabaga erishishdi. Vohidjon Oqbo‘taevning uzoq masofadan urgan yagona goli Samarqand jamoasiga g‘alaba keltirdi. 

Eslatib o‘tamiz, "Dinamo" Superliga 4-turida 28 mart kuni Jizzaxda "Metallurg"ni qabul qiladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Искандар Нарзикулов
23/03/2024 19:53
Динамога омад