"Neftchi" - "Andijon" uchrashuvi uchun chiptalar qanchadan sotilmoqda?

  • 08.05.2024 13:45
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, 12 may kuni soat 19:00 da O‘zbekiston Superligasi 7-tur doirasida "Neftchi"  Andijonning "Andijon" klubini qabul qiladi. Qiziqarli tarzda kechishi kutilayotgan mazkur uchrashuvga chiptalar sotuvi yo‘lga qo‘yildi. Chiptalar faqat stadion kassalarida 30000 va 40000 so‘mdan belgilangan narxlarda sotiladi.

Stadion ma’muriyati murojaatnomasiga binoan, futbol bellashuviga stadionning maxsus kassalaridan tashqari harid qilingan qalbaki chiptalar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi va qalbaki chipta bilan stadion hududiga kirishga uringan shaxslarga nisbatan qonun  doirasida choralar ko‘rilishi bo‘yicha muxlislarni ogohlantiradi.

Shuningdek, Andijonlik muxlislar uchun chiptalar sotuvi faqat uchrashuv kuni soat 09:00 dan  boshlab, stadionning orqa tarafdagi (stadion katta monitori tomondagi) eshigi oldidagi kassasidan harid qilishingiz mumkin, stadionning 11-12-13-14-15-16 sektorlari mexmonlar uchun ajratilgan, - deyiladi klub xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Сафаров Кахрамонжон
10/05/2024 17:19
Нефтчи негадир хавф остига тушиб коляпти берилган имкониятлардан тугри фойдалана олмаяпти Андидон эса бу масалада олдинда сюрприз яратиб кетиши мумкин Левченко бироз дадил булса яхши булар эди