"Neftchi" - OKMK o‘yini uchun chipta narxlari e’lon qilindi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Coca-Cola Superliganing 4-tur doirasida Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi o‘z maydonida Olmaliqning OKMK klubini qabul qiladi. Qiziqarli va tomoshabop ruhda o‘tishi kutilayotgan mazkur bahs 31 mart kuni Farg‘ona shahridagi "Istiqlol" o‘yingohida soat 18:00 da boshlanadi.

Mazkur uchrashuvni stadionda tomosha qilish istagida bo‘lgan muxlislar kirish chiptalarini "Istiqlol" stadioni kassalaridan xarid qilishlari mumkin, shuningdek muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida "Istiqlol" stadioni ma’muriyati ushbu uchrashuvga sayyor kassalarni xam shahar markazlariga yo‘naltirishdi. Bundan buyon "Neftchi" ishtirokidagi uchrashuvlarga chiptalarni Farg‘ona shahar dexqon bozori oldidagi avtoturargoh yonidagi chiptaxonadan va "Ixlos" marketi yonidagi chorraha orqa qismidagi maxsus chiptaxonadan xarid qilishingiz mumkin.
Chiptalar ertaga 09:00 dan boshlab sotila boshlaydi.
Bilet narhlari 15000 so‘m, 20000 so‘m, 30000 so‘m etib belgilangan.
“Neftchi” matbuot xizmati.

Fikrlar