"Neftchi" - "Turon" o‘yinida janjalda qatnashgan futbochilariga sud jazo tayinladi

  • 21 fevral, 2021, 19:45
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘tgan yilning dekabr oyida Pro liganing so‘nggi turi doirasida superliga yo‘llanmasi uchun kechgan "Neftchi" - "Turon" uchrashuvidan keyin boshlangan ommaviy janjalda ishtirok etgan ikki nafar futbolchini ozodlikka chiqqani haqida xabarlar tarqaldi.

Tecno

Xo‘sh, "Neftchi" klubi a’zolari Jamshid To‘raqulov va Doston Toshmatovga sud tomonidan qanday jazo belgilandi?

Farg‘ona viloyat sudining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi bergan xabarga ko‘ra, 2021 yil 19 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudida “Neftchi-Turon” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan futbol o‘yinida kelib chiqqan janjal bo‘yicha jinoyat ishi ochiq sud majlisida ko‘rib tamomlandi. Bu haqda UzA xabar berdi.

photo_2020-12-02_19-14-24

Sudning hukmiga ko‘ra, ish bo‘yicha sudlanuvchi “Neftchi” jamoasi futbolchilari D.Toshmatov, J.To‘raqulov va shu kuni janjalda ishtirok etgan muxlislar, ya’ni sudlanuvchilar R.Alimov, A.Mahkamov, M.Parmonov A.To‘lqinboev D.Tursunov va O.Abdullaev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 3-qismi “v” bandi (bezorilik, ya’ni ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan vaqtda jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, urish-do‘pposlash, badanga engil shikast etkazish) bilan aybli deb topilib, ularning har biriga ayblangan modda sanktsiyasi doirasida 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Sudlanuvchilarga sutkaning soat 22:00 dan soat 06:00 gacha bo‘lgan vaqtda yashash joyidan chiqishi cheklanib, jazoni nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joylarini o‘zgartirmaslik kabi qo‘shimcha taqiq yuklandi.

Sudlanuvchilarga nisbatan qo‘llanilgan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilinib, sud zalida qamoqdan ozod qilindi.

Sudlanuvchilarga jazo tayinlashda muqaddam sudlanmaganligi, oilaviy sharoiti, qilmishidan chin pushaymonligi, yashash joyidagi Yoshlar ittifoqi, mahalliy kengashlar deputatlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari va jamoatchilik guruhlari tomonidan berilgan kafolat xatlari va tavsifnomalarda ko‘rsatilgan holatlar inobatga olindi.

Bundan tashqari, sudlanuvchi G‘.Mulladjonov jinoyatni o‘ta xavfli retsidivist bo‘lgani holda sodir qilganligi uchun unga nisbatan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sudning hukmidan norozi taraflar hukm e’lon qilingan kundan, sudlanuvchilar va jabrlanuvchilar hukm nusxasini olgan kundan boshlab yigirma sutka ichida apellyatsiya tartibida shikoyat bermagan va protest bildirmagan taqdirda qonuniy kuchga kiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Алишер Собиров
22/02/2021 09:08
УМУМАН КАМАЛМАСЛИГИ КЕРАК ЭДИ ФАКАТ МАЛЬУМ МУДДАТ ФУТБОЛДАН ЧЕТЛАТИШ ВА ЖАРИМА КЕРАК.ШУНИ АЙТИШАДИ СИЕСАТНИ ФУТБОЛГА АРАЛАШГАНИНИ.АГАР БОЛАТЕЛИ ЕКИ ВИДАЛ УЗБЕКИСТОНДА УЙНАСА БИР УМИР КАМОКДА УТИРИШГА ТУГРИ КЕЛАДИМ.ХАКАМ НАСИБУЛАЕВ ХАМ ЖА ТОЗА ЭМАС