
"Neftchi" - "Turon" uchrashuvdan so‘ng hakamni do‘pposlagan muxlislar qamaldi, ba’zi futbolchilarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi (Video)
Pro liga oxirgi turida "Neftchi" - "Turon" bahsidan keyingi voqeliklar ko‘pchilikning diqqat markazida bo‘lib turibdi. Hakamni do‘pposlaganlarning qanday jazolanishi aksariyat insonlarni qiziqtirmoqda.
Ijtimoiy tarmoqdagi "Vodiy bozor" telegram kanalining ma’lum qilishicha, aybdorlarga jazolar tayinlangan.
- Farg‘onada futbol jangidan so‘ng, maydonga tushgan muxlislar 15 sutkaga qamaldi. Ba’zi futbolchilarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Kecha Farg‘onada sud hukmi o‘qildi, - deya yozmoqda "Vodiy bozori" telegram kanali.
SPORTS.uz telegram kanalida aybdorlar o‘zini qanday oqlagani va sud hukmini ko‘rishingiz mumkin.
Fikrlar