"Neftchi" bosh murabbiyi g‘alabadan so‘ng nima dedi?

  • 14 fevral, 2023, 11:02
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Neftchi”ning “Zarya”ga (1:0) qarshi uchrashuvidan keyin farg‘onaliklar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Uchrashuv jangovar ruhda kechdi. Ukraina jamoalari asosan atletik va jismonan kuchli futbol namoyish etish tarafdorlari. Shuning uchun raqibimiz pressing qo‘llab, kuchli bosim o‘tkazganda, unga qarshi chora topa olganimizdan qoniqish hosil qildim.

O‘z navbatida "Zarya" jamoasida faoliyat yuritayotgan niderlandiyalik mutaxassisning malakasi ham bugungi o‘yinda bilindi. Shunisi quvonarliki, o‘yinda standart vaziyatdan gol kiritdik. Chunki mashg‘ulotlarda ushbu jarayon ustida doimo ish olib boryapmiz va bu ishlar amalda ham o‘z isbotini topdi.

Yuklama va ko‘rsatmalarni bajarishda futbolchilarning yondashuvi ham alohida tahsinga loyiq. Umumiy qilib aytganda, reja asosida tayyorgarlik davom ettiriladi, oldimizda esa bizni yana ikkita sparring kutmoqda”, - dedi bosh murabbiy, klub matbuot xizmatiga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!