
"Neftchi" klubining legionerlardan qarzdorligi bormi? Klub rasmiy bayonot berdi
Joriy yilning 6 iyul kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Ijroiya qo‘mitasi Byurosining "O‘zbekiston Professional futbol ligasi musobaqalarini tashkil qilish va o‘tkazish, shuningdek, mazkur musobaqalarda ishtirok etuvchi futbol klublari faoliyati bilan bog‘liq ayrim masalalarni ko‘rib chiqish to‘g‘risida"gi 03-sonli qarori e’lon qilindi.
Shundan kelib chiqib, "Neftchi" futbol klubiga ham legioner futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha taqiq qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi. Klub ushbu qaror bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.
"Neftchi" futbol klubi shuni ma’lum qiladiki, ayni damda "Neftchi" ixtiyorida bo‘lgan va jamoa tarkibida avvalgi mavsumlarda harakat qilgan xorijiy legionerlardan qarzdorligi yo‘q. Pro ligada badal to‘lovi bo‘yicha esa oz miqdorda qarzdorligi mavjud va tez kunlarda bu holatni bartaraf etish uchun chora-tadbirlar belgilangan.
O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasining mazkur qarori e’lon qilingach, ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Aytib o‘tish joiz, "Neftchi" futbol klubi oldidagi qarzdorligi yuqorida ta’kidlanganidek yaqin kunlar ichida bartaraf etiladi.
O‘zbekistonning besh karra chempioni,bir necha kumush va bronza medallari sohibi,OChL musobaqalarida yurtimiz sharafini munosib va muvaffaqiyatli himoya qilgan "Neftchi" klubi o‘zbek futboli imijini yanadayam yuqoriga ko‘tarishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.
Muxlislardan klubimizga oid turli tasdiqlanmagan xabarlarga ishonib qolmasliklarini so‘rab qolamiz", - deyiladi xabarda.
Fikrlar