"Neftchi" legioneri uchun mavsum tugadi! Serbiyalik futbolchi klubdagi taqdiri va Mo‘minjonovning aytgan gapiga javob qaytardi

  • 19 may, 2022, 21:07
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

“Neftchi” jamoasi o‘yinidagi inqiroz tufayli klub autsayder bo‘lib qolmoqda. Ammo Superliganing 9-turida farg‘onaliklar vodiy derbisida “Navbahor”ga qarshi uchrashuvda mardonavor kurashishdi va bir ochkoni qo‘lga kiritdilar.

Tecno

Ammo tez orada “Neftchi”da o‘zgarishlar bo‘ladi. Bu haqida bosh murabbiy uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida aytdi. Ayniqsa, tarkibdagi legionerlarning xizmatidan boshqa foydalanmaslikni aytib, bu borada serbiyalik futbolchi Daniel Stoykovichning nomini ham qo‘shib o‘tdi.
Mavsum avvalida taklif etilgan 32 yoshli himoyachi ayni paytda “Neftchi” bilan birga emas. Superligada 6 ta, O‘zbekiston Kubogida esa 3 ta o‘yinda maydonga tushdi. Kuni kecha Sports.uz muxbiri Stoykovich bilan bog‘landi.

- “Neftchi” bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov “Navbahor”ga qarshi o‘yindan keyin legionerlar bilan xayrlashmoqchiligini aytdi va ularning orasida sizning ham nomingizni tilga olib o‘tdi. O‘zi, nima bo‘ldi?

- Rosti, men bu xususida hech nima bilmayman. Men hali ushbu masalada klubdagi hech kim bilan gaplashmadim.

dani4

- Aslida “Neftchi” klubi nima uchun mavsumni yaxshi o‘tkaza olmayapti? Bunga nima sabab bo‘lyapti?

- Ehtimol, yaxshi o‘ynay olmagandirmiz. Biroq buning asosiy sababini bilmayman. Holbuki, jamoadagi barcha futbolchilar yuqori darajali.

- “Neftchi”ning muvaffaqiyatsiz o‘yinlari uning muxlislariga yoqmayotgani tabiiy holat. Bunday paytda esa ko‘pchilik bosh murabbiyning iste’fosini kutayotganlar bor. Nima deb o‘ylaysiz, murabbiy o‘zgarishi vaziyatning echimi uchun xizmat qila oladimi?

- Bunday masalalarni hal qiladigan odamlar bor. Futbolchi sifatida biz faqat shug‘ullanishimiz va maydonda yugurishimiz kerak. Shunday ekan, bunday savolga javob bera olmayman.

dani2

- Lekin mavjud vaziyatdan chiqib ketish uchun boshqa yo‘lni tanlashganga o‘xshaydi. Bosh murabbiy o‘z joyida qolib, uning yordamchilari va legionerlarga javob berilayotganini ochiq aytdi. Nima deb o‘ylaysiz, bu eng to‘g‘ri yo‘lmi?

- Boya aytganimdek, legionerlar va yordamchilarni jamoani tark etishayotganidan xabarim yo‘q. Ayni paytda men Serbiyadaman va shu bois hech nimadan xabardor emasman.

- Umuman olganda, jamoadagi ichki muhit qanday edi?

- Bu erda futbolchilar bir-birini juda hurmat qilishadi, deb o‘ylayman. Shunchaki, yaxshi natija qayd etish uchun nimadir etishmayapti.

dani3

- Adashmasam, boshida ketma-ket 6 ta turda maydonga tushdingiz. Keyingi 3 ta o‘yinda esa ko‘rinmadingiz, hatto zaxira o‘rindig‘ida ham. Nima bo‘ldi?

- 30 aprel kuni “Dinamo”ga qarshi uchrashuvda futbolchi uchun eng og‘ir bo‘lgan jarohatni oldim. Yil oxiriga qadar maydonga tusha olmayman. Tizza oldi xochsimon suyuklarimni jarohatlab oldim. Endi Serbiyada jarrohlik amaliyotini kutyapman.

- U holda keyingi rejalaringiz qanday? Masalan, “Neftchi”da sizga nima yoqdi va nima yoqmadi?

- Yana mashg‘ulotlarda to‘laqonli shug‘ullanishim uchun menga eng asosiysi, yaxshilab davolanish muhim, qolganini keyin ko‘ramiz. Meni “Neftchi” bilan amalda shartnomam bor. “Neftchi” yaxshi jamoa. Umid qilamanki, klub yaxshi natijalarni qayd eta oladi.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ғуломов Тўлқинжон
20/05/2022 15:58
Гапига қараганда бу футболчи жамоада қолишни хохлайди (ишламасдан тишлайди)
Аминжон Ахмедов
19/05/2022 21:57
Мен хайрон коламан булар каердан топиб олади бунаканги легионерларни. Номи чикмаган футболчиларни