"Neftchi" legionerlarimiz jamoasi bilan o‘ynaydigan bo‘ldi

  • 10 yanvar, 13:16
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi Turkiyada yig‘in o‘tkazmoqda. "Yo‘lbarslar" tayyorgarlik jarayoni davomida bir necha nazorat uchrashuvlari o‘tkazadi.

Tecno

Jumladan, 9 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:00da Rossiya Premer ligasi vakili Qozon shahrining "Rubin" jamoasiga qarshi maydonga chiqishadi. "Rubin" safida legionerlarimiz Rustam Ashurmatov va Umarali Rahmonaliev harakat qilishadi. 

Bundan tashqari, Levchekno shogirdlari "Hermannstadt" (Ruminiya), "Mladost" (Serbiya), "Prishtina" (Kosova), IMT (Serbiya) va "Sileks" (Makedoniya) jamoalari bilan ham o‘rtoqlik o‘yinida qatnashadi.

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!