
"Neftchi" muxlislari uchun ajoyib yangilik
Xabaringiz bor, o‘tgan yili O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan "Neftchi" klubiga nisbatan sanktsiyalar qo‘llanilgan edi. Unga ko‘ra jamoaning 3 ta rasmiy uy uchrashuvida muxlislarning stadionga kiritilishi taqiqlangandi. Muxlislarsiz o‘tkazilishi lozim bo‘lgan oxirgi o‘yin 3-turdagi "Neftchi"-"Istiqlol" uchrashuviga to‘g‘ri kelgan.
Shundan kelib chiqib, keyingi 5-tur doirasidagi "Neftchi" - "Xorazm" bahsidan boshlab ishqibozlar stadionga tashrif buyurishlari ma’lum.
Eslatib o‘tamiz, "Neftchi" - "Xorazm" uchrashuvining chipta narxi 10 000 so‘m etib belgilangan. Chiptalar 17 aprel shanba kuni stadion kassalarida sotuvga chiqariladi.
Fikrlar