"Neftchi" "Nasaf"ning yana bir futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

  • 13 dekabr, 2024, 13:59
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

31 dekabr kuni "Nasaf" bilan shartnomasi yakunlanadigan himoyachi Sherzod Nasrullaev bilan "Neftchi" qiziqmoqda.

Shaxsan Vitaliy Levchenko qanot ximoyachisini o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda. "Nasaf" Nasrullaevni ushlab qolish uchun yaxshilangan kontrakt taklif etishiga to‘g‘ri keladi. Uning "Transfermarkt"dagi narxi 1.2 million evroni tashkil qiladi.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli futbolchi 2024 yil Superligada 21 bahsda qatnashib, 2 ta gol urdi va 5 bora sheriklarining goliga assistentlik qildi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!