
"Neftchi" nazorat bahsida zafar quchdi
Yangi mavsumga hozirlik ko‘rayotgan "Neftchi" futbol klubi bugun o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Farg‘onaliklar Qirg‘izistonning "Alay" jamoasi bilan kuch sinashdi. Bellashuvda Ilhom Mo‘minjonov shogirdlari 2:0 hisobida zafar quchdi. O‘yinda kiritilgan gollarga Izzatilla Abdullaev va Aleksandr Eshich mualliflik qildi.
"Neftchi" - "Alay" 2:0
Gollar: Izzatilla Abdullaev, Aleksandr Eshich
Fikrlar