"Neftchi" nazorat uchrashuvida g‘alaba qozondi

  • 19 iyul, 2021, 05:05
  • 1
  • Futbol

Pro-liga etakchilaridan biri Farg‘onaning “Neftchi” klubi o‘z qarorgohida olib borayotgan tayyorgarlik jarayoni davomida nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.

Quvasoyning “Tsementchi” jamoasi raqiblik qilgan o‘yinda Ilhom Mo‘minjonov boshchiligidagi farg‘onaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Ulug‘bek Hoshimov hamda Umar Adxamzodaning gollariga raqibdan Iqbol Akramov bir bor javob qaytardi. Ammo uchrashuvda hisob boshqacha ko‘rinish olishi ham mumkin edi. Biroq “Neftchi”ning serbiyalik yangi legioneri Aleksandr Eshich penaltidan gol ura olmadi.

neftchi2_1

"Neftchi": Mashhur Muhammadjonov, Shavkat Mullajonov, Akmal Shorahmedov, Tohir Shamshitdinov, Saydullo Rahmatov, Abdulloh Olimov, A’zamjon Aliev, Jasur Abdulbekov, Izzatilla Abdullaev, Oybek Qilichev, Doston Toshmatov.

Zaxira: Akbar To‘raev, Ulug‘bek Xoshimov, Sarvar Soliev, Sobit Sindarov, Umar Athamzoda, Sherzod Karimov, Sardor Abdunabiev, Aleeksandr Eshich, Islom Isamitdinov.

"Tsementchi": Alisher Pahritdinov, Otabek Muhammadjonov, Fahriyor O‘rinboev, Elvis Nevonte, Shohjahon Ro‘zimatov, Ibod Abelfazov, Sailmuhammad Fazliddinov, Iqbol Akramov, Samandar O‘rinboev, Doston Bobojonov, Nodir To‘lanov.

Zaxira: Muhammadsoli Ubaydullaev, Shahzod Usmonov, Zeit Xamza Baba, Shohruh Murodov, Maharram Abelfazov, Mashrab Turg‘unov, Muhammaddiyor Hakimov, Muhammadaziz Obidjonov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
19/07/2021 10:00
Цементчи зу'рку олий лига жамоаси эмасми мабода