"Neftchi" oxirgi daqiqada g‘alabani ilib ketdi

  • 9 fevral, 2022, 20:35
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha xabar berganimizdek, “Neftchi” klubi bugun Turkiyadagi yig‘ini doirasidagi so‘nggi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Tecno

Yaroslavlning “Shinnik” jamoasi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda farg‘onaliklar nihoyat g‘alaba qozondi – 2:1.

Bungacha o‘tkazilgan uchta o‘yinda faqat 1:1 hisobida durang o‘ynagan “Neftchi” “Shinnik” bilan bahsda ham yana o‘sha natijani takrorlashi mumkin edi. Dastlab birinchi bo‘limda Ulug‘bek Hoshimov hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda rossiyaliklar penalti orqali javob qaytarishdi. 90-daqiqa o‘tib borayotganida Sherzod Karimov farg‘onaliklarning ikkinchi golni kiritdi – 2:1.

"Neftchi": Mashhur Muhammadjonov, Sirojiddin Qo‘ziev, Husniddin G‘ofurov, Daniel Stoykovich, Mirzoxid G‘ofurov, Lutfulla To‘raev, Aleksandr Eshich, Oybek Qilichev, Husniddin G‘ofurov, Ulug‘bek Hoshimov, Sunnatullo Abdullajonov.

Zaxirada: Akbar To‘raev, Shuhratillo Rahmonov, Muhsin Ubaydullaev, Shodiyor Hojimatov, Umar Adhamzoda, Izzatilla Abdullaev, Sherzod Karimov, Marko Sharich, Darko Stanoevich, Fahriddin Muhammadov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Кахрамонжон Сафаров
09/02/2022 22:15
НЕФТЧИ тарихни янгила факат омад ёр булсин