"Neftchi" penaltidan gol ura olmasa yutolmaydi, Qosimov uchun orqaga yo‘l yo‘q" yoxud mutaxassis Superligada kutilayotgan shiddatli o‘yinlar haqida

  • 24 aprel, 2022, 14:27
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Coca-Cola Kubogi guruh bosqich o‘yinlari nihoyasiga etgach, endi navbat yana Superliga bahslariga qaratiladi. Shu sababli bor e’tibor chempionatga qaratilishi shubhasiz.

Tecno

25 apreldan chempionatimizning 5-tur o‘yinlariga start beriladi va aprelning 27-sanasigacha davom ettiriladi. Shu vaqt oralig‘ida beshta bellashuv bo‘lib o‘tadi.

Ayni paytda “Paxtakor” bilan “Nasaf” Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etayotgani sababli ularning ishtirokidagi bellashuvlar qoldirilgan. Shunga qaramasdan oldinda turgan beshta juftlikdagi qarama-qarshiliklar ham g‘oyat murosasiz tarzda o‘tishiga ishonamiz.

Tajribali mutaxassislardan biri Dilshod Nuraliev 5-tur arafasida jamoalarning imkoniyatlari haqida gapirdi.

25 aprel (dushanba)

“Neftchi” – “Bunyodkor”

- Juda qattiq o‘yin bo‘ladi. Ikkalasini ham bir xil darajadagi jamoalar deb bilaman. Mening nazarimda, ushbu uchrashuvda durang natija qayd etiladi. Chunki jamoalarning darajasi bir xil deb bejizga aytmadim. Faqat “Neftchi” penaltidan gol urmasa, kuchlar teng kelishi mumkin va durang bo‘ladi deb o‘ylayman.

bunik_4

“Dinamo” – “Lokomotiv”

- “Dinamo”ni ham, “Lokomotiv”ni ham orqaga yo‘li yo‘q. Maydonda juda murosasiz o‘yin bo‘ladi. O‘ylashimcha, ushbu bahsda ham g‘olib nomi aniqlanmasa kerak. Ikkala jamoa ko‘proq himoyaga e’tibor qiladi va xato qilmaslik asosiy o‘rinda turadi. Menimcha, bitta gol o‘yin taqdirini hal qiladi.

dinamo3_3

26 aprel (seshanba)

“Navbahor” – “So‘g‘diyona”

- Tarkib va o‘yin uslubi bo‘yicha qaraydigan bo‘lsak, fikrimcha “Navbahor” uch ochkoni qo‘lga kiritadi. 70 ga 30 foiz desa ham bo‘ladi. “Navbahor” jamoasining o‘yini juda yoqyapti deya olmasam-da, ammo ularning o‘yinida qandaydir ma’no bor. Namanganliklarning o‘yini turdan-turga yaxshi shakllanib boryapti. Buning ustiga “Navbahor” o‘z maydonida ashaddiy muxlislari qarshisida o‘ynaydi. Ishqibozlarining qo‘llab-quvvatlashi va jamoaning tayyorgarligi ham muhim rol o‘ynaydi. Albatta, “So‘g‘diyona” yomon jamoa emas. O‘ziga yarasha kurashuvchan, xarakteri bor jamoa. Baribir bu juftlikda “Navbahor” yutadi deb o‘ylayapman.

jam_2

“Olimpik” – “Qizilqum”

- “Olimpik”da yosh va iqtidorli jamoa shakllangan. O‘z uyida o‘ynaydi. “Olimpik”ni “Paxtakor” bilan o‘tkazilgan uchrashuvini ko‘rdik. Lekin mening fikrimcha, bu safargi o‘yinda tajriba o‘z so‘zini aytadi. Chunki “Qizilqum” tarkibida juda tajribali futbolchilar yig‘ilgan. Ular yoshlar bilan qanday o‘ynash kerakligini ko‘proq tushunishadi. Ammo o‘yin bosim ostida o‘tsa kerak. Nazarimda, “Olimpik” – “Qizilqum” bahsida yo durang bo‘ladi, yo navoiyliklar yutadi.

kizilkum1_5

27 aprel (chorshanba)

AGMK – “Qo‘qon-1912”

- Mirjalol Qosimovni orqaga qo‘yadigan qadami qolmadi. O‘ylashimcha, bu o‘yinda AGMK klubi g‘alaba qozonadi. Ularning safidagi betob bo‘lgan va jarohatlangan futbolchilar sog‘ayib boryapti. Qosimovni yutqazishga haqqi yo‘q. AGMK o‘z maydonida muxlislarining qo‘llab-quvvatlashi ostida o‘ynaydi. Menimcha, tajriba o‘z so‘zini aytib, o‘yinchilarning mahorati o‘yin taqdirini hal qiladi. Shu bois menimcha, “Qo‘qon-1912”ning imkoniyati biroz pastroq.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!