
"Neftchi" qisqa ta’tilga chiqdi, yanvarda jamoa yig‘in o‘tkazish uchun xorijga yo‘l oladi
O‘zbek jamoalari yangi mavsumga tayyorgarlik ishlarini boshlab yubordi.
Xususan, Vitaliy Levchenko bosh murabbiyligidagi "Neftchi"ning Toshkentda olib borilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inining birinchi bosqich jarayoni yakunlandi. Ayni damda futbolchilar qisqa ta’tilga chiqqan bo‘lsa-da, ularning har biriga alohida individual tarzda shug‘ullanishlari uchun ko‘rsatmalar berilgan. Shundan so‘ng jamoa a’zolari 3 yanvar kuni yana Toshkentda yig‘ilib, uch kun mobaynida engil mashg‘ulotlarda ishtirok etadi.
Murabbiylar shtabi tomonidan ishlab chiqilgan rejaga asosan tayyorgarlikning ikkinchi bosqich jarayonini o‘tash uchun "Neftchi" vakillari 6 yanvar sanasida Turkiyaning Antalya shahriga jo‘nab ketadi.
"Neftchi" matbuot xizmati
Fikrlar