"Neftchi" qisqa ta’tilga chiqdi

  • 23.01.2023 14:47
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, Vitaliy Levchenko bosh murabbiyligidagi "Neftchi" jamoasi ikki hafta davomida Turkiyada yangi mavsumga tayyorgarlikni olib bordi va ikkinchi bosqich jarayonini yakunladi.

Bu vaqt oralig‘ida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlaridan tashqari jamoa bir nechta o‘rtoqlik-nazorat uchrashuvlarida ham ishtirok etdi. Shundan so‘ng 20 yanvar kuni futbolchilarga 4 kunlik qisqa ta’til taqdim etildi.

Qisqa tanaffusdan mazmunli foydalanib, xush kayfiyatda qaytgan "Neftchi" vakillari 25 yanvar sanasidan boshlab navbatdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga kirishadilar, - deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!