
"Neftchi" safida Turkiya yig‘iniga ketgan futbolchilar ro‘yxati ma’lum. Unda Shaxzod Ubaydullaev yo‘q
Yangi mavsumga puxta hozirlik ko‘rayotgan "Neftchi" klubi a’zolari bugun ertalab Toshkent-Istambul avia qatnovi orqali tayyorgarlikning ikkinchi bosqich jarayonida ishtirok etish uchun Turkiyaning Antaliya shahriga jo‘nab ketishdi.
Safarda bo‘lib o‘tadigan ikkinchi bosqich jarayonida qatnashish uchun Vitaliy Levchenko qo‘l ostidagi murabbiylar shtabi quyidagi futbolchilarni jalb etdi:
Akbar To‘raev, Shuhratillo Rahmonov, Abdulloh Olimov, Muhsin Ubaydullaev, Sunnatilla Abdullajonov, Lutfulla To‘raev, Doniyor Valiev, Fahriddin Muhammadov, Fozil Musaev, Umar Adhamzoda, Ulug‘bek Hoshimov, Mirzohid G‘ofurov, Anvar G‘ofurov, Nodirxon Ne’matxonov, Oleksey Larin, Andrey Mishenko, Nurillo To‘xtasinov, Abbos G‘ulomov, Diyor Turopov, Zoir Jo‘raboev, Toma Tabatadze.
Ma’lumot o‘rnida, Turkiyadagi yig‘inlar doirasida ko‘rikdan o‘tish uchun mashg‘ulotlarga yangi futbolchilarni taklif etish ko‘zda tutilgan, - deya xabar bermoqda "Neftchi" matbuot xizmati.
Tarkibga e’tibor qaratsangiz, unda hujumchi Shahzod Ubaydullaev yo‘q. O‘tgan yili "Neftchi"da to‘p surgan futbolchi jamoaning yangi mavsum uchun yig‘inida ham ishtirok etayotgandi. Biroq Turkiyaga yo‘l olgan tarkibdan tushib qolgan. Tez orada vaziyatga oydinlik kiritiladi.
Fikrlar