"Neftchi" sobiq futbolchilaridan qolgan qarzdorlikni bartaraf etdimi?
Bir necha kun oldin O‘FA Superliganing bir qator klublarini ochkolardan mahrum qilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. "Navbahor lochinlari," "Neftchi," "Andijon," "Xorazm," "Buxoro," "Qumqo‘rg‘on-1977," "TerDU" futbol klublari qo‘mita qarorlarida ko‘rsatilgan majburiyatlarni to‘liq bajarmayotgani aniqlandi. Ushbu ogohlantirishdan so‘ng, "Neftchi" sobiq futbolchilar oldidagi qarzdorlikni to‘laganini e’lon qildi.
"O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Futbolchilarning maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mita tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosi tahlil qilinib, qo‘mita qarorlariga muvofiq klublarga mavjud qarzdorliklarni belgilangan muddatlarda to‘liq qoplash vazifasi yuklatildi.
Hozirgi kunga kelib jamoamiz sobiq futbolchilari — Azizbek Amonov, Manuchehr Safarov va Shohruh G‘adoev oldidagi barcha moliyaviy majburiyatlar to‘liq bajarildi",- deyiladi klubning rasmiy xabarida.
Fikrlar