"Neftchi" sobiq futbolchisi jamoaga murabbiy sifatida qaytib keldi (foto)
"Neftchi" sobiq futbolchisi Iqboljon Akramov klubga murabbiy sifatida qaytib keldi. Bu haqda "yo‘lbarslar" matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu tashabbus Farg‘ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov va klub bosh direktori Muxsinjon Mehmonov tomonidan ilgari surilgan. Akramov endilikda "Neftchi" U-21 bosh murabbiyi Aziz Alijonovga yordamchi murabbiy sifatida ish boshlaydi.
Ma’lumot o‘rnida, "Neftchi" U-21 jamoasi ayni payt chempionatda ortda qolgan 13 turdan so‘ng 13 ochko jamg‘argan. Klub jadvalning 11-pog‘onasini band etgan.




Fikrlar