"Neftchi" Toshmirzaev va ikki nafar murabbiy bilan shartnomani uzaytirdi
Farg‘onaning “Neftchi” klubi nafaqat yangi futbolchilar, balki tarkibdagi mavjud o‘yinchilar bilan ham shartnomalar uzaytirilmoqda.
Jumladan, iste’dodli yarim himoyachi Bilolxon Toshmirzaev bilan kelishuv uzaytirildi va u 2024 yilgi mavsumni ham “Neftchi” tarkibida o‘tkazadi.
Bundan tashqari, murabbiylar shtabi vakillari bilan ham shartnomalar uzaytirilmoqda. Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mutaxassis Anvar Norqulov hamda darvozabonlar murabbiyi Farruh Berdiev 2024 yilgi mavsumda ham “Neftchi”dagi faoliyatini davom ettiradilar.



Fikrlar