
"Neftchi" Turkiya safari oldidan Toshkentda qisqa yig‘inga kirishdi
Avval xabar berib o‘tganimizdek, tayyorgarlikning ikkinchi bosqich jarayoni Turkiyada bo‘lib o‘tadi.
Shu munosabat bilan safar oldidan jamoamiz a’zolari bugun Toshkentda yig‘ilib, qisqa o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini boshlab yuborishdi.
Ushbu yig‘in 6 yanvar kuni nihoyasiga etadi va vakillarimiz Turkiyaning Antaliya shahriga yo‘l oladilar.
Jamoamiz u erda 20 yanvargacha mashg‘ulotlarda ishtirok etadi. O‘quv-yig‘inlar davomida jamoamiz ikkita o‘rtoqlik-nazorat uchrashuvlarida maydonga chiqishi ko‘zda tutilgan.
“Neftchi” matbuot xizmati.
Fikrlar