"Neftchi" xalqaro o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

  • 9 oktabr, 2023, 10:46
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Vitaliy Levchenko bosh murabbiyligidagi "Neftchi" jamoasi 11 oktyabrdan boshlab, tayyorgarlik jarayoniga kirishadi.

Tecno

Superligada yuzaga kelgan tanaffus paytida murabbiylar shtabi futbolchilarning o‘yin amaliyotini uzluksiz ta’minlash maqsadida o‘rtoqlik nazorat bellashuvi o‘tkazish rejalashtirishgan bo‘lib, oktyabr oyining 15 sanasida "Neftchi" Qirg‘iz Respublikasi Premer liga vakili O‘shning "Alay" jamoasi bilan kuch sinashadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, ushbu bahs Farg‘ona shahridagi "Istiqlol" stadionida o‘tkaziladi, uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!