
"Neftchi"da tajribali mutaxassis ish boshladi
"Neftchi"da darvozabon sifatida faoliyat olib borgan Denis Ivankov klub tizimida o‘z faoliyatini boshladi! Tajribali mutaxassis Farg‘ona jamoasining darvozabonlar murabbiyiga aylandi.
Denis Aleksandrovich Ivankov - mashhur sovet va o‘zbek futbolchisi, darvozabon sifatida o‘ynab, keyinchalik darvozabonlar murabbiyiga aylandi, mutaxassisning faoliyati judayam muvaffaqiyatli kechdi.
Futbolchilik faoliyati:
1990 yil: "Aralvodstroevets"
1990 yil: “Sohibkor”
1991 yil: “Chirchiq”
1992, 1994-1995 yillar: “Paxtakor” (Toshkent)
1992-1993 yillar: “Nurafshon”
1995 yil: “Neftchi” (Farg‘ona)
Mutaxassis "Neftchi" safida ikki bor O‘zbekiston chempioniga (1992, 1995) aylangan.
Murabbiylik faoliyati:
2004 yil: "Kimyogar" (darvozabonlar murabbiyi)
2005-2006: "Mashal" (darvozabonlar murabbiyi)
2006 yil: "Paxtakor" (darvozabonlar murabbiyi)
2007-2008: "Knyaja" (Ukraina, darvozabonlar murabbiyi)
2009-2012: "Mashal" (darvozabonlar murabbiyi)
2013-2018: “Nasaf” (darvozabonlar murabbiyi)
2018 yilning avgustidan: O‘zbekiston terma jamoasida darvozabonlar murabbiyi.
2022 yildan: terma jamoada ishlash bilan bir qatorda “Paxtakor”da ham darvozabonlarni boshqargan.
2024 yil: Latviyaning "Liepaja" klubi bilan shartnoma imzoladi.
Fikrlar