"Neftchi"ga qarshi o‘yin oldidan OKMK safida 2 ta jiddiy yo‘qotish bor

  • 30 mart, 2023, 12:32
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga O‘zbekiston Superligasi 4-tur bahslariga start beriladi. OKMK navbatdagi uchrashuvni Farg‘ona shahrida maxalliy «Neftchi» klubiga qarshi o‘tkazadi.

Tecno

Bugun OKMK jamoasi Farg‘ona shahriga yo‘l oldi. Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, tarkibda 2 ta jiddiy yo‘qotish bor. Jarohati tufayli himoyachi Vitaliy Denisov hamda yarim himoyachi Mirjamol Qosimov jamoa bilan birga Farg‘onaga safarga borishmagan.

O‘z navbatida O‘zbekiston U-20 terma jamoa yig‘inidan qaytgan Nodir Abdurazzoqov OKMK safiga qo‘shildi hamda asosiy tarkib bilan Farg‘onaga jo‘nab ketdi.

Eslatib o‘tamiz, 4-turning markaziy o‘yini hisoblangan «Neftchi» - OKMK bahsi ertaga soat 18:00 da boshlanadi.

Yo‘qotishlarsiz borayotgan "Neftchi" OKMKni Farg‘onada qachon yutgandi yoxud Farg‘onada super o‘yin oldidan yana anshlag

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!