"Neftchi"ga qarshi o‘yinda "Turon"ga kim murabbiylik qilishi oydinlashdi

  • 17 aprel, 2023, 10:58
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, yaqinda “Turon” klubi rahbariyati qoniqarsiz natijalar sababli bosh murabbiy sifatida ishlab kelayotgan Baxtiyor Ashurmatovni iste’foga chiqardilar.

Tecno

Bugun yaypanliklar Farg‘onada “Neftchi”ga qarshi derbi bahsida ishtirok etadilar. Lekin hali yangi bosh murabbiy tayinlangani yo‘q. Shu boisdan “Neftchi”ga qarshi uchrashuvida “Turon”ga kim murabbiylik qilishb mavhum bo‘lib turgandi. Bu masalada klub matbuot xizmati rasmiy bayonot berdi:

“Bugun bo‘lib o‘tadigan Farg‘onaning «Neftchi» klubiga qarshi bahsda jamoamizni klubimiz akademiyasida ishlab kelayotgan yosh mutaxassis Mirjalol Jo‘raev maydonga boshlab tushadi.

O‘yin yakunida tashkil etiladigan matbuot anjumanida klub bosh direktori Abduvahob Ahmadaliev ishtirok etadi”, - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!