"Neftchi"ni yana qator o‘yinchilar tark etdi

  • 16 dekabr, 2022, 19:16
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Vitaliy Levchenko  boshchiligidagi "Neftchi" jamoasi Toshkentda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini davom ettirmoqda. Yangi mavsumga tayyorgarlikning birinchi bosqich jarayoniga bir necha  futbolchilar taklif etilgan. Poytaxtda olib borilayotgan yig‘inlarda asosiy e’tibor yoshlarga  berilib, ulardan saralangani asosiy tarkibga jalb qilinishi ko‘zda tutilgan.

Tecno

O‘tgan mavsumda "Neftchi"da faoliyat yuritgan Darko Stanoevich, Mashhurbek Muhammadjonov, Salamat Quttiboev hamda Oybek Qilichevlar jamoani tark etishdi. 

Superliga musobaqalarida "Neftchi" sharafini himoya qilishda qo‘shgan munosib hissalari uchun mazkur futbolchilarga minnatdorchilik bildirib,kelgusi faoliyatlariga omadlar tilab qolamiz, - deyiladi "Neftchi" PFK matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval jamoa yarim himoyachisi Sirojiddin Qo‘zievning Malayziya klubiga o‘tgani to‘g‘risida ham saytimiz orqali ma’lumot bergandik. Tez orada ushbu futbolchi bilan tashkil etilgan suhbatni Sports.uz orqali o‘qishingiz mumkin.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Neftchi
16/12/2022 19:24
Bari ogir artireyalar ketibdi nihoyat