"Neftchi"ning Superliga birinchi davrasidagi statistikasi qanday bo‘ldi?

  • 14 iyul, 2024, 13:51
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Neftchi” birinchi davra mobaynida o‘tkazilgan 13 uchrashuvning 6 tasini o‘z maydonida, 7 uchrashuvni esa safarda o‘tkazdi.

Tecno

Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarning 5 tasida g‘alaba, 4 tasida durang va 4 uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradi. Neftchilar raqiblar darvozasiga 13 ta to‘p kiritib, o‘z darvozalaridan 11ta gol o‘tkazib yubordi. Jamoa 2 marta penalti tepish imkoniga ega bo‘ldi. Shuningdek, 1 marta  darvozasi tomon penalti belgilandi. O‘tkazilgan o‘yinlarda farg‘onaliklar himoyachisi Muxsin Ubaydullaev tomonidan avtogol qayd etilgan. 
"Neftchi " o‘yinchilari 37marta hakamlar tomonidan ogohlantirildi, yarim himoyachi  Zoir Jo‘raboev esa 1 marta qizil kartochkaga loyiq deb topildi.

Qo‘lga kiritilgan 5ta g‘alabaning 2 tasi uy uchrashuvlarida, 3tasi esa safar uchrashuvlarida qo‘lga kiritildi. Safarda bo‘lib o‘tgan 7 uchrashuvning 3tasida g‘alaba, 3tasida mag‘lubiyat va 1tasi durang bilan yakunlangan. 
Birinchi davra uchrashuvlarida jamoaning  eng yirik  g‘alabasi  10-turda qayd etildi. "Bunyodkor" - "Neftchi" 0:3.

"Neftchi" futbolchilari uy uchrashuvlarida 6 ta gol kiritib, safardagi bahslarda esa raqiblar darvozasini 7 marta ishg‘ol etishdi. Darvozabonlar uy uchrashuvlarida o‘zlari qo‘riqlagan darvozalardan 6ta to‘p olib chiqishdi. Safar uchrashuvlarida esa 5ta gol o‘tkazib yuborilgan. To‘plangan 19 ochkoning 9 tasi uy uchrashuvlarida, 10tasi safardagi uchrashuvlarda qo‘lga kiritildi. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda jamoa tarkibida maydonga tushgan eng yosh o‘yinchi — xujumchi Bexrux Oblakulov bo‘ldi, 20 yosh. Yoshi katta o‘yinchi esa o‘tgan mavsumdagidek ximoyachi  Mirzoxid G‘ofurovlar bo‘ldi. Maydonda eng ko‘p vaqt o‘tkazgan o‘yinchi Abbos G‘ulomov bo‘lib chiqdi. Futbolchi maydonda 1052 daqiqa mobaynida harakat qilgan bo‘lsa, undan keyingi ko‘rsatkich Anvar G‘ofurov bo‘ldi futbolchi maydonda 1075 daqiqa harakat qildi. 
Birinchi davrada murabbiylar 23 nafar futbolchi xizmatidan foydalandi. Ulardan 2 nafari darvozabon, 9 nafari himoyachilar, 6 nafari yarim himoyachilar va 6 nafari hujumchilar. 


Shuningdek, "yo‘lbarslar" birinchi davrada "Istiqlol" stadionida oltita uy uchrashuvlarini o‘tkazishdi. Unda jami 133570 muxlis ishtirok etdi. Bu esa, har o‘yinga 13357 muxlis tashrif buyurdi degani va bu natija O‘zbekiston Superligasidagi eng yaxshi ikkinchi ko‘rsatkich hisoblanadi

Jamoaning eng yaxshi to‘purari Effiong Nsungusi bo‘lib turibdi. Uning xisobiga 4 ta gol yozildi. Yarim ximoyachi Sanjar Qodirqulov va himoyachi Zoir Jo‘raboevlar hakamlarning eng ko‘p nazariga tushgan futbolchilar hisoblanadi. Ularga 4tadan kartochkalar ko‘rsatilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!