
Nega "Atletiko"ni EChL g‘olibi deb tan olish kerak?
"Atletiko" Madrid klubi yarim himoyachisi Koke agar Chempionlar ligasining joriy mavsumi davom ettirilmasa, qaysi jamoani chempion deb tan olish bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, EChL o‘yinlari koronavirus pandemiyasi sabab to‘xtatib qo‘yilgan edi. UEFA esa uni avgustda yakunlashni rejalashtirmoqda.
“Agar mavsum yakunlanmasa, “Atletiko”ni Chempionlar ligasi g‘olibi deb e’lon qilish kerak. Xuddi boks singari, chunki biz ham amaldagi jahon chempionini kurashdan chiqarib yubordik”, - deydi Koke.
“Atletiko” Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichida amaldagi chempion “Liverpul”ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va musobaqadan chiqarib yubordi.
Fikrlar