Nemis futboli afsonasi va Mundial rekordchilaridan biri vafot etdi

  • 21 iyul, 2022, 22:42
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bild" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, nemis futboli afsonasi Uve Zeller 21 iyul kuni 85 yoshida vafot etdi. 

Uve Germaniya terma jamoasi safida jami 72 ta uchrashuv o‘tkazib, 43 marotaba gol urgan. U faoliyatining 19 yilini "Gamburg" safida o‘tkazgan va mazkur klubning eng yaxshi to‘purari hisoblanadi. (523 ta gol)

U 1966 yilgi Mundialda kumush medalni qo‘lga kiritgan, 4 yildan so‘ng esa mazkur turnirning bronza medaliga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, Zeller Pele, Ronaldu va Kloze kabi 4 ta Jahon chempionatida gol urgan futbolchi hisoblanadi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!