
Nevesh Premer-ligaga qaytishi mumkin
"Nyukasl" yarim himoyachisi Sandro Tonali noqonuniy pul tikkanligi bois 10 oyga futboldan chetlatildi. Endilikda klub uning o‘rnini to‘ldirish uchun futbolchi izlamoqda. Variantlar orasida "Al Hilol" vakili Ruben Nevesh ham bor.
"The Sun" nashri xabar berishicha, "qarg‘alar" qishki transferlar oynasida yarim himoyachini sotib olishni reja qilgan. Portugaliyalik yozda riyodliklar tarkibiga 55 million evro evaziga kelib qo‘shilgan. Uning jamoa bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi.
Tonali ham "Nyukasl" safiga yozda kelib qo‘shilgandi. Uning transferi Angliya klubiga 64 million evroga tushgan.
Fikrlar