Nevill: "Xabi Alonso "Chelsi"da o‘z qarashlarini darhol o‘tkazmoqda"
Angliya futboli afsonasi Gari Nevill “Chelsi”ning Xabi Alonsoni bosh murabbiy etib tayinlashi haqida fikr bildirdi.
Yakshanba kuni londonliklar ispaniyalik mutaxassis bilan rasmiy shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Alonso klubda nafaqat futbol masalalariga, balki boshqaruv jarayonlariga ham javob beradigan menejer sifatida ko‘rilmoqda.
"Menimcha, Alonso klubga kim ketishi, kim qolishi kerakligini ochiq aytgan. U nazorat va ishonchni his qilishni xohlaydi.
O‘ylashimcha, u birinchi kundanoq o‘z qarashlarini himoya qilishni boshlagan va nima uchun aynan uning rejasi bo‘yicha ishlash kerakligini tushuntirgan. Shu sababli ham uni oddiy bosh murabbiy emas, aynan menejer sifatida tayinlashdi", — dedi Nevill o‘z podkastida.
Eslatib o‘tamiz, Xabi Alonsoning “Chelsi” bilan shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi.

Fikrlar