
Neymar: "Agar futbol individual sport turi bo‘lganida, hozirgacha barcha maqsadlarimga erishgan bo‘lardim"
Braziliya terma jamoasi va PSJ hujumchisi Neymar, agar futbol jamoaviy o‘yin bo‘lmaganida, barcha cho‘qqilarni zabt etishni ta’kidladi.
"Agar futbol individual sport turi bo‘lganida, hozirgacha barcha maqsadlarimga erishgan bo‘lardim. Ba’zan o‘z manzilimga yo‘llangan tanqidlarni yoqtirmayman, chunki bu mening shaxsiy hayotim va men xohlaganimni qilaman", - deya hujumchining so‘zlarini keltiradi "Band Sports".
31 yoshli hujumchi 2017 yilning yozidan buyon parijliklar safida harakat qilmoqda. Uning PSJ bilan shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Ayni paytda uning transfer narxi 70 million evro.
Fikrlar