
Neymar: Azar bilan birga o‘ynashni xohlardim
PSJ klubi forvardi Neymar "Chelsi" vingeri Eden Azar bilan bir jamoada o‘ynash istagi borligini bildirdi.
“Men Azar bilan bir jamoada o‘ynashni xohlardim. Biz birga katta shov-shuvlar qilardik. Menimcha buni tashkil qilsa bo‘ladi”, - deydi braziliyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, 27 yoshli Neymar joriy mavsum PSJ safida jami 24ta o‘yinda maydonga tushdi va 20ta gol hamda 11ta golli uzatmaga mualilflik qildi. 46ta o‘yinda ishtirok etgan 28 yoshli Azar esa o‘z hisobiga 19ta gol hamda 13ta assist yozdirib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalro Neymar va Azarga “Real”dan jiddiy qiziqishlar borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar