Neymar "Barsa"ga qaytishni istamoqda

  • 17.05.2023 19:25
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ futbolchisi Neymar yozda sobiq klubi "Barselona"ga qaytishni istamoqda, deya xabar berdi "Relevo" nashri. Ammo Laporta ushbu transferga harakat qilishni istamaydi. Sababi, u klubning moliyaviy holatini yomonlashtirmoqchi emas. 

Braziliyalik vingerga parijlik muxlislar tomonidan bo‘layotgan munosabat yoqmayapti. U transferlar oynasida Frantsiyadan ketishni rejalashtirgan. Neymarni qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan kam sonli klublar orasida "Chelsi" ham mavjud. 

Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli futbolchi 2017 yilda "Barsa"dan PSJga 222 million evro evaziga o‘tgan va ushbu xarid ayni damgacha rekord summadagi transfer sifatida saqlanib qoldi. 

Neymardan tashqari Messi ham PSJni tark etishga yaqin. Shartnomasi yozda tugaydigan argentinalik hujumchining oldida "Barsa"ga qaytish, MLS yoki Saudiya Arabistoni chempionatiga yo‘l olish imkoniyati bor. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!