Neymar "Barselona"ga qarshi o‘ynamaydi

  • 11 fevral, 2021, 21:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya kubogining 1/32 final bosqichidan o‘rin olgan “Kan”ga qarshi o‘yinda jarohat olgan PSJ hujumchisi Neymar bugun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tecno

L’Equipe nashri tarqatgan xabarga qaraganda, braziliyalik yulduz EChL 1/8 finalidan o‘rin olgan “Barselona”ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.

Neymar joriy mavsum PSJ safida jami 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va  hisobiga 13 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

PSJ va "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi dastlabki o‘yin 17 fevral kuni, javob bahsi esa 11 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
amanbayebsurojbek
11/02/2021 22:46
Exx Neymar Neymar senga sabr tilayman