Neymar EChLda eng ko‘p gol urgan 3-braziliyalik bo‘ldi

  • 1 noyabr, 2017, 09:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning PSJ klubi hujumchisi Neymar kecha Chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-turida “Anderlext” (5:0) darvozasiga gol kiritdi.

Tecno

E’tiborlisi, ushbu gol 25 yoshli futbolchi uchun EChLdagi 25-gol bo‘ldi va u bu ko‘rsatgich borasida vatandoshi Elberni (24) ortda qoldirdi hamda Mario Jardel (25) bilan tenglashib, 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Ta’kidlash lozimki, ushbu ko‘rsatgich borasida Kaka 30ta gol bilan yakka peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinda 27ta gol bilan Rivaldo egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!